“Kasbiy zo‘riqishning oldini olish va stressni boshqarish” mavzusida amaliy seminar-trening o‘tkazildi

24 18.06.2026 20:19


A.Avloniy nomidagi institutda Pedagogika va psixologiya kafedrasi tomonidan institut professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun “Kasbiy zo‘riqishning oldini olish va stressni boshqarish” mavzusida amaliy seminar-trening tashkil etildi.

Seminar-trening davomida kasbiy faoliyatda uchraydigan stress omillari, ularning ruhiy holat va ish samaradorligiga ta’siri, shuningdek, stressni boshqarish hamda hissiy zo‘riqishlarning oldini olish usullari haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, ishtirokchilar ichki xotirjamlikni saqlash, ruhiy zo‘riqishni kamaytirish, kasbiy motivatsiyani oshirish va emotsional barqarorlikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar.

Mazkur seminar-trening xodimlarning stressga chidamliligini oshirish, ruhiy salomatligini qo‘llab-quvvatlash hamda jamoada sog‘lom psixologik muhitni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech