Matematika fanini o‘qitishda GeoGebra dasturidan foydalanish bo‘yicha o'quv-seminar o‘tkazildi
A.Avloniy nomidagi institutda matematika fani o‘qituvchilari uchun V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti professori G‘ofurjon Ibragimov ishtirokida “Matematika fanini o‘qitish samaradorligini oshirishda GeoGebra dasturining ahamiyati” mavzusida o'quv-seminar tashkil etildi.
Mashg‘ulot davomida GeoGebra dasturining matematika ta’limidagi imkoniyatlari, undan algebra, geometriya va funksiyalarni o‘qitish jarayonida samarali foydalanish usullari hamda zamonaviy raqamli texnologiyalarning ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga GeoGebra dasturi orqali matematik obyektlarni modellashtirish, grafiklar yaratish, geometrik shakllarni dinamik ko‘rinishda namoyish etish va darslarni interaktiv tashkil etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.
O'quv-seminarda matematika fanini o‘qitishda raqamli vositalardan foydalanishning afzalliklari, o‘quvchilarning fanga qiziqishini oshirish hamda ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.






