TIMSS 2027 tadqiqoti doirasida baholovchilar uchun treninglar boshlandi

17 16.06.2026 12:50

A.Avloniy nomidagi institutda TIMSS 2027 xalqaro tadqiqotining tajriba-sinov bosqichi doirasida o‘quvchilarning matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha ochiq savollarga bergan javoblarini baholash jarayonlariga jalb etilgan ekspertlar uchun trening mashg‘ulotlari boshlandi.


Ma’lumot uchun, tadqiqotning tajriba-sinov bosqichida respublika bo‘yicha tasodifiy tanlab olingan 27 ta maktabning 99 ta sinfidan jami 2819 nafar o‘quvchi ishtirok etdi.

16–19-iyun kunlari davom etadigan treninglarda ishtirokchilarga xalqaro baholash standartlari asosida o‘quvchilar javoblarini xolis va izchil baholash, shuningdek, maxsus elektron platformadan foydalanish bo‘yicha nazariy hamda amaliy ko‘nikmalar berilmoqda.

Mazkur treninglar baholash jarayonlarining ishonchliligi va xolisligini ta’minlash, TIMSS 2027 tadqiqoti natijalarining sifatini oshirish hamda xalqaro talablarga muvofiq baholash tizimini tashkil etishga xizmat qiladi.


Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech