“Menejerlik o‘quv kursi” tinglovchilari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
22
24.06.2026
12:36
A.Avloniy nomidagi institutda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining mas’ul xodimlari “Menejerlik o‘quv kursi” tinglovchilari bilan “Inklyuziv ta’limni umumiy o‘rta ta’lim maktablarida tashkil etish: muammo va yechimlar” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdi.
Muloqotda:
➖Maktablarda inklyuziv ta’lim sinflari faoliyatini tashkil etish;
➖ sohadagi normativ-huquqiy hujjatlar;
➖ alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan ishlash;
➖ mavjud muammo va yechimlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Shuningdek, mas'ullari tomonidan inklyuziv ta’lim amaliyotida uchrayotgan muammolar, mavjud tajribalar va ularning yechimlari yuzasidan tinglovchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.








