A.Avloniy nomidagi institutda ta’lim eksporti yo‘lga qo'yildi

35 26.06.2026 23:30

Institutda Qozog‘iston va Qirg‘iz Respublikalaridan tashrif buyurgan pedagoglar hamda ta’lim sohasi mutaxassislari uchun to‘lov asosida xalqaro seminar-trening tashkil etildi.


Seminar-trening “Sun’iy intellekt, kiberxavfsizlik va inklyuziv ta’lim: raqamli transformatsiya sharoitida o‘qituvchilarning zamonaviy kompetensiyalari” mavzusiga bag‘ishlandi.

 Tadbirning ochilish marosimida institut rektori Abduvali Ismailov so‘zga chiqib, sun’iy intellekt texnologiyalarini ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish hamda inklyuziv ta’lim imkoniyatlarini kengaytirish bugungi ta’lim tizimining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidladi.

❗️Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar sun’iy intellektning ta’limdagi o‘rni, axborot xavfsizligini ta’minlash hamda inklyuziv ta’limda teng imkoniyatlarni yaratish masalalari bo‘yicha bilim va ko'nikmalarga ega bo'ldilar.

Mazkur seminar-trening O‘zbekistonning pedagog kadrlarni kasbiy rivojlantirish borasidagi ilg‘or tajribalarini xalqaro maydonda ommalashtirish, ta’lim xizmatlari eksportini rivojlantirish hamda mintaqaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Seminar yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.


Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech