Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish yo‘lida navbatdagi memorandum imzolandi

29 27.06.2026 09:21


A.Avloniy nomidagi institut hamda QAZSAQ Media Group xalqaro ta’lim va professional rivojlantirish tashkiloti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum doirasida quyidagi:

pedagog va ta’lim boshqaruvi kadrlari salohiyatini rivojlantirish hamda malaka oshirish tizimini takomillashtirish;
qisqa muddatli treninglar, stajirovkalar va xalqaro ta’lim dasturlarini birgalikda tashkil etish;
xorijiy pedagoglarni A.Avloniy instituti malaka oshirish dasturlariga jalb etish;
sun’iy intellekt, raqamli pedagogika va ta’lim menejmenti yo‘nalishlarida qo‘shma o‘quv dasturlarini amalga oshirish;
xalqaro forumlar, konferensiyalar va professional almashinuv dasturlarini tashkil etish;
grant loyihalari hamda ta’lim xizmatlarini xalqaro miqyosda rivojlantirish belgilandi.

Mazkur memorandum uzoq muddatli hamkorlikni mustahkamlash, yangi qo‘shma tashabbuslarni hayotga tatbiq etish hamda pedagoglarning uzluksiz kasbiy rivojlanishiga qaratilgan xalqaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech