Institutda ekstremal issiq ob-havo sharoitida xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnatini muhofaza qilish talablariga rioya qilish bo'yicha profilaktik tadbir o'tkazildi

21 06.08.2026 10:21

Tadbirda institutning barcha tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari ishtirokida ekstremal issiq ob-havo sharoitida mehnat faoliyatini tashkil etish, xodimlar salomatligini muhofaza qilish hamda mehnat qonunchiligi talablariga qat’iy rioya etish masalalari yuzasidan zarur ko‘rsatmalar berildi. 

Bo‘linma rahbarlariga xodimlarning mehnat faoliyati davomida sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan omillarni kamaytirish, ish joylarida qulay va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish hamda xodimlarning murojaatlariga tezkor munosabat bildirish yuzasidan tavsiyalar berildi. Olib borilgan tushuntirish va targ‘ibot ishlari natijasida xodimlarning ekstremal issiq ob-havo sharoitida mehnat xavfsizligini ta’minlash, o‘z salomatligini muhofaza qilish hamda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya etish borasidagi xabardorligi yanada oshirildi. 

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech