Magistrlarga diplomlar topshirildi
Institutda "Menejment" (ta'lim menejmenti) hamda "Kattalar ta'limi" magistratura mutaxassisliklari bitiruvchilariga magistr akademik darajasi diplomlarini topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev, Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti direktori, akademik Xolboy Ibrohimov hamda institut rektori Abduvali Ismailov ishtirok etib, bitiruvchilarni samimiy tabrikladilar va ularga kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladilar.
Ma'lumot uchun, 2025/2026-o‘quv yilida magistraturaga qabul qilingan 51 nafar tinglovchidan 49 nafari ta'lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlab, magistr akademik darajasiga sazovor bo‘ldi.
Tadbir davomida bitiruvchi magistrlar ham so‘zga chiqib, bir yillik ta'lim davomida orttirgan bilim va tajribalari, ilmiy izlanishlari hamda kasbiy kamolot yo‘lida yaratilgan imkoniyatlar haqida fikr bildirib, ularning bugungi yutuqlarida munosib o‘rin tutgan professor-o‘qituvchilarga samimiy minnatdorlik izhor etdilar.
Marosim yakunida bitiruvchilarga magistr darajasi diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
#AAvloniy #Magistratura #Diplom









