“Sifatli taʼlim – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining mustahkam poydevori” shiori ostida V “Ustozlar milliy forumi” davom etmoqda.
Forum doirasida malakali mutaxassislar tomonidan:
- Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlarida uzluksiz kasbga yo‘naltirish tizimini rivojlantirish: innovatsion yondashuvlar va amaliy yechimlar.
- Qo‘shimcha ta’lim tizimini rivojlantirishning yangi bosqichi: erishilgan natijalar va ustuvor vazifalar,
- Xorijiy mutaxassislar bilan ishlashni tashkil etish tartibi: mas’ullar vazifalari, me’yoriy talablar va amaliy tavsiyalar,
- Davlat-xususiy sheriklik asosida faoliyat yuritib kelayotgan loyihalar,
- Axborot xizmati faoliyatida media monitoring,
- Davlat tilini o‘qitishning zamonaviy konsepsiyasi, me’yoriy-huquqiy asoslari,
- Yangi avlod darsliklari va zamonaviy o‘qitish metodikasi asosida samarali ta’lim muhitini yaratish,
- Kasbiy rivojlanish — ta’lim sifati kafolati: yangi o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar va kutilayotgan natijalar.
- Pedagogik kadrlarni uzluksiz kasbiy rivojlantirishning raqamli ekotizimi kabi mavzularda mahorat darslari bo‘lib o‘tmoqda.
Jarayonlar davom etmoqda.









