“Ishonch 2030”: STEAM to‘garaklari uchun yangi imkoniyatlar

12 17.08.2026 18:20

Bugun Abdulla Avloniy nomidagi institutda “Ishonch 2030” loyihasi doirasida 50 ta pilot maktablarning STEAM to‘garagi o‘qituvchilari uchun uch kunlik trening boshlandi.

Treningda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Jizzax, Samarqand va Xorazm viloyatlaridan kelgan pedagoglar ishtirok etmoqda.
Tadbirning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi, UNICEF hamda boshqa hamkor tashkilotlar vakillari qatnashdi.

Trening davomida:

➖ “Tinkering with Tech” dasturi;
➖ STEAM to‘garaklarini samarali tashkil etish;
➖ o‘quvchilarni kelajak kasblariga yo‘naltirish;
➖ loyiha va prototiplar yaratish;
➖dizayn-fikrlash;
➖ sun‘iy intellektdan ta‘limda foydalanish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilmoqda.


Trening 26-avgustga qadar davom etadi. Shu davr mobaynida barcha hududlardan o‘qituvchilar navbatma-navbat ishtirok etib, STEAM to‘garaklarini samarali tashkil etish bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.

Trening yakunida ishtirokchilar STEAM to‘garaklari uchun loyiha g‘oyalarini ishlab chiqib, o‘z maktablarida STEAM-klub faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha individual rejalarini shakllantiradi.


Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech