“ISHONCH 2030”: STEAM to‘garaklari o‘qituvchilari uchun treninglarning yakuniy bosqichi boshlandi

17 25.08.2026 11:46

Bugun A.Avloniy nomidagi institutda “ISHONCH 2030” loyihasi doirasidagi “Tinkering with Tech” dasturi bo‘yicha seminar-treninglarning uchinchi-yakuniy bosqichi boshlandi.

24–26-avgust kunlari o‘tkaziladigan treningda Farg‘ona viloyati, Toshkent viloyati, Toshkent shahri va Surxondaryo viloyatidan jami 38 nafar pedagog ishtirok etmoqda. Shu bilan uch bosqichda 50 ta pilot maktabdan jami 119 nafar STEAM to‘garagi o‘qituvchisini qamrab olgan seminar-treninglar yakuniy bosqichga kirdi.


Trening davomida pedagoglar:

– dizayn-fikrlash;
– loyiha va prototiplar yaratish;
– o‘quvchilarni STEAM faoliyatiga jalb etish;
– sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish;
– inklyuziv ta’lim;
– qizlarning STEAM yo‘nalishlaridagi ishtiroki hamda ota-onalar bilan samarali hamkorlik kabi yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlamoqda.



Trening yakunida har bir ishtirokchi o‘z maktabidagi STEAM to‘garagi uchun loyiha g‘oyasini ishlab chiqib, prototip yaratadi hamda to‘garak faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha individual amaliy rejasini shakllantiradi.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech