“Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash”

68 10.09.2026 14:31

Bugun A. Avloniy nomidagi institutda shu mavzuda malaka oshirish kursi tinglovchilari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy seminar tashkil etildi.

Seminar davomida xalqimiz ozodligi, milliy an'ana va qadriyatlarimiz umrboqiyligi yo‘lida kurashgan fidoyi ajdodlarimiz — millat oydinlarining faoliyati haqidagi muhim jihatlari muhokama etildi.

Qatag‘on siyosati davrida millat ziyolilarining ta’qib qilinishi, ayniqsa, o‘qituvchi va ma’rifatparvarlarning faoliyati tuzum uchun xavf sifatida baholangani, ularni yo‘qotish orqali xalqni ma’rifatdan uzoqlashtirishga qaratilgan siyosatning mazmun-mohiyati haqidagi savollarga mutaxassislar tomonidan javob berildi.

Tadbirda qatag‘on qurbonlari hayoti va taqdirini o‘rganish yosh avlodda milliy o‘zlik, tarixiy xotira, vatanparvarlik va xalq taqdiriga daxldorlik tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekani ta’kidlandi.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech