Institut jamoasi — Butunjahon avtomobilsiz kun aksiyasida!
21
22.09.2026
11:40
Bugun, 22-sentabr — Butunjahon avtomobilsiz kun munosabati bilan A.Avloniy nomidagi institut rahbariyati va xodimlari xizmat avtomobillaridan foydalanmay, ishga jamoat transporti va muqobil harakatlanish vositalarida yetib kelmoqda.
Avtomobilsiz kun orqali biz:
➖ sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilamiz;
➖ atrof-muhitni asraymiz;
➖ tirbandliklarni kamaytirishga hissa qo‘shamiz;
➖jamoat transportidan foydalanish madaniyatini qo‘llab-quvvatlaymiz.
Toza muhit - sog‘lom hayot! Bir kun emas, har kuni!






