Ilmiy seminarda dissertatsiya tadqiqotlari muhokama qilindi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutining Ilmiy seminari navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda 13.00.07 – Ta’limda menejment ixtisosligi bo‘yicha uchta dissertatsiya tadqiqoti muhokama qilindi.
Xususan, Institut tadqiqotchisi Jabborova Yulduzxon Hasan qizining “Maktab direktorining partisipativ boshqaruv faoliyatida qarorlar qabul qilish mexanizmlarini takomillashtirish” mavzusidagi PhD dissertatsiyasi ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Namangan davlat universiteti tadqiqotchisi Mirzayev Shoxrux Fayzullayevichning “Oliy ta’lim muassasalarida o‘quv me’yoriy hujjatlar bilan ishlash va ijro intizomi samaradorligini oshirishning nazariy-amaliy asoslari” mavzusidagi DSc dissertatsiyasi, hamda Oriental universiteti tadqiqotchisi Turikova Lazokat Mashrabovnaning “Umumiy o‘rta ta’lim tizimida HR menejment asosida mehnat munosabatlarini tashkil etish mexanizmini takomillashtirish”ga oid DSc dissertatsiyasi muhokama qilindi.
Ilmiy seminar doirasida tadqiqotlarning mazmuni, ilmiy yondashuvlari va natijalari yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, dissertatsiya ishlari bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.