Toshkent shahar mentor-o‘qituvchilari uchun trening boshlandi
Abdulla Avloniy nomidagi institutda Toshkent shahar mentor-o‘qituvchilari uchun “Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” treninglari o‘z ishini boshladi.
Tadbirning ochilish qismida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bo‘lim boshlig‘i Anvar Baxramov hamda institut rektori Abduvali Ismailovlar so‘zga chiqib, treningning maqsad va vazifalariga to‘xtaldilar.
Treningning birinchi kunida mentor-o‘qituvchilar fanlar kesimida zamonaviy metodik yondashuvlarga asoslangan amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Dasturdan pedagogik refleksiya, UDL, SEL, sun’iy intellektdan foydalanishning etik va huquqiy asoslari, “Kelajak soatlari”, PISA va TIMSS, raqamli va virtual laboratoriyalar, kommunikativ kompetensiyalar, shuningdek, yangi o‘quv dasturlari va darsliklarini amaliyotga tatbiq etish kabi muhim yo‘nalishlar o‘rin olgan.
Treningning asosiy maqsadi — mentor-o‘qituvchilarning zamonaviy metodik kompetensiyalarini rivojlantirish, ilg‘or pedagogik yondashuvlarni o‘zlashtirish hamda ularni ta’lim amaliyotiga samarali tatbiq etishdan iborat.
O‘quvlarda ishtirokchilar xalqaro va milliy tajribaga asoslangan amaliy metodlar bilan ishlash, ularni o‘z fanlari va pedagogik faoliyatida qo‘llash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlaydilar.
Trening 28–30-sentabr kunlari davom etadi.






