Rektor sayyor qabulida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi
29-sentyabr kuni Abdulla Avloniy nomidagi institutda rektor Abduvali Ismailovning murojaatchilar uchun sayyor qabuli o‘tkazildi.
Qabul jarayonida qator muhim masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi. Jumladan:
➖ menejerlik kurslariga qabul va o‘quv jarayoni;
➖ malaka oshirish va qayta tayyorlash kurslarining tashkil etilishi;
➖ kurslarga qabul qilish tartibi va ta’lim jarayoni bilan bog‘liq masalalar;
➖ pedagoglarning kasbiy rivojlanishi va malaka salohiyatini oshirish;
➖ pedagoglarga metodik ko‘mak ko‘rsatish;
➖ TKT sertifikati imtihon xarajatlari uchun to‘langan tulovlarni qaytarib berish;
➖ vakant lavozimlarga ishga qabul qilish;
➖xodimlarga moddiy yordam ko’rsatish.
✔️Rektor qabuli davomida kelib tushgan murojaatlarning aksariyati joyida ijobiy hal etildi.
Xususan:
➖4 nafar murojaatchini ishga qabul qilish;
➖2 nafar murojaatchining TKT sertifikati imtihoni uchun to‘lagan to‘lovlarini qaytarish;
➖ 5 nafar xodimlarga moddiy yordam ajratish masalalari hal etildi.
Shuningdek, magistraturaga qo‘shimcha qabul hamda magistratura talabalari uchun ijara to‘loviga oid imtiyozlar masalalarini ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli topshiriqlar belgilandi.
Sayyor qabulning asosiy maqsadi — pedagoglar, xodimlar bilan bevosita muloqot qilish, ularni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, taklif va tashabbuslarini eshitish hamda murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar yuzasidan amaliy yechimlarni belgilashdan iborat bo‘ldi.









