Prezident qarori ijrosi amalda: Texnikum rahbarlari uchun menejerlik o‘quv kurslari boshlandi

8 05.10.2026 15:12

Bugun Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida texnikum direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun menejerlik o‘quv kurslarining ochilish tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda vazirlik mas’ullari, Kasbiy ta’lim agentligi va Institut rahbariyati, xalqaro tashkilotlar vakillari, soha mutaxassislari, ekspertlar hamda texnikum rahbarlari ishtirok etdi.


Ochilish marosimida kursning maqsadi, mazmuni va asosiy yo‘nalishlari, shuningdek, o‘quv dasturlarini ishlab chiqishda xorijiy tajribadan foydalanish va bu borada amalga oshirilgan ishlar haqida ma’lumot berildi.


Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-oktabrdagi PQ–316-son qarorida texnikum direktorlari va direktor o‘rinbosarlari uchun menejerlik o‘quv kurslarini A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etish hamda ularning zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha vazifalar belgilangan.


Abdulla Avloniy nomidagi institut tomonidan Kasbiy ta’lim agentligi, Kasbiy ta’limni rivojlantirish instituti, GIZ, German Sparkassenstiftung for International Cooperationning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamda Helvetas loyihasi vakillari hamkorligida texnikum rahbarlari uchun zamonaviy menejment yondashuvlarini o‘z ichiga olgan o‘quv reja va dasturi ishlab chiqildi.


Kursning asosiy maqsadi texnikum rahbarlarining zamonaviy boshqaruv kompetensiyalarini rivojlantirish, strategik rejalashtirish, jamoani samarali boshqarish hamda ta’lim sifatini ta’minlash bo‘yicha ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat.


Eslatib o‘tish joizki, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab menejerlik sertifikatiga ega bo‘lgan texnikum direktorlariga lavozim maoshining 50 foizi, direktor o‘rinbosarlariga esa 30 foizi miqdorida har oylik ustama belgilash orqali rag‘batlantirish nazarda tutilgan.

Media resurslar

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech