QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI YOD ETILDI
Abdulla Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy institutida “Qatag‘on qurbonlarini yod etish orqali yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida qatag‘on davrida millat ozodligi, xalq ma’rifati va yurt kelajagi yo‘lida fidoyilik ko‘rsatgan ajdodlarimizning hayoti va faoliyati, ularning og‘ir sinovlarga to‘la taqdiri hamda tarixiy merosi haqida so‘z yuritildi.
Shuningdek, yosh avlod qalbida Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat va tarixiy xotiraga sadoqat tuyg‘ularini shakllantirish, o‘tmish saboqlaridan xulosa chiqarish muhimligi ta’kidlandi.
Qatag‘on qurbonlari xotirasini yod etish — tarixiy xotirani asrash, ajdodlar merosini qadrlash va kelajak avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim omilidir.