"Xavfsiz va ravon yo‘l" umummilliy dasturi asosida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan seminar
Xalq taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti va Ichki ishlar vazirligining Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hamkorligida institutda malaka oshirayotgan maktab direktorlari uchun seminar tashkil etildi.
Tadbirda "Xavfsiz va ravon yo‘l" umummilliy dasturi asosida yo‘l harakati xavfsizligini taʼminlashga qaratilgan yangi qaror mazmun mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, 2023-yildan boshlab umumtaʼlim maktablarida joriy etilishi mo‘ljallanayotgan "Yo‘l harakati xavfsizligi xonasi" va "Yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatuvchi maydon" eskiz loyihalari namoyish etildi. Mazkur loyihalarda maktab o‘quvchilarida yoshlikdan yo‘l harakati ko‘nikmalarini shakllantirish va bu orqali turli noxush holatlarning oldini olish ko‘zda tutilgan.
