Menejerlik o‘quv kurs tinglovchilarining yakuniy sinovlari o‘tkazildi
Umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash maqsadida tashkil etilgan mazkur kurs tinglovchilari maktabda o‘quv-tarbiya jarayonini boshqarish, taʼlim menejmenti, o‘zini va o‘qituvchilarini kasbiy rivojlantirish, inson resurslarini boshqarish, ish yuritish va hisobot, jamoatchilik va ota-onalar bilan ishlash modullari bo‘yicha yakuniy sinovlari (test, keys hamda amaliy topshiriqlar)ni topshirdilar.
Amaliy topshiriqlar ishida tinglovchilar tanlanma muammoli mavzular doirasida tadqiqot ishini olib borib, muammoli vaziyatlarni o‘rgandi hamda ularga yechim topishda mahalliy va xorijiy tajribalarni tahlil qilib, muammolarning yechimiga qaratilgan chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqdilar.
Tinglovchilarning amaliy topshiriqlar taqdimoti Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti tomonidan shakllantirilgan, tajribali mutaxassislardan iborat komissiya aʼzolari tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholandi.