Maktab direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash uchun tajriba-sinov tariqasida tashkil etilgan menejerlik o‘quv kursi bitiruvchilariga sertifikatlar topshirildi
Xabaringiz bor, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida tajriba-sinov tariqasida umumiy o‘rta taʼlim muassasalari direktori lavozimiga nomzodlarni tayyorlash uchun menejerlik o‘quv kurslari tashkil etilgan edi.
Kurs so‘ngida tinglovchilarning bilim va ko‘nikmasini baholash maqsadida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda yakuniy sinovlar o‘tkazilib, ko‘nikmalari baholandi hamda ularning maktabni rivojlantirish dasturi, bolani himoya qilish dasturi va taʼlim muassasasida marketingni rivojlantirish rejasi bo‘yicha taqdimoti himoya o‘tkazildi.
Bugun kursni muvaffaqiyatli tugatgan tinglovchilarga A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot institutida sertifikat topshirish tadbiri o‘tkazildi.
Tadbir tafsilotlari bilan keyingi postimizdagi video lavha orqali tanishishingiz mumkin.