“Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish davr talabi!” mavzusida tadbir tavsilotlari

189 19.04.2023 17:24 Faollar zali

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, A.Avloniy nomidagi milliy tadqiqot institutida malaka oshirish kurs tinglovchilari uchun axborot texnologiyalari sohasidagi sodir etilayotgan jinoyatchilik turlari, oqibatlari hamda ulardan qanday himoyalanishni targ‘ib qilishga qaratilgan “Kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish davr talabi!” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirni Olmazor tumani IIO FMB axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘limi xodimlari kapitan Erkinov Jo‘shqin, Katta leytenant Qodirov Azizxonlar olib bordi.

Shuningdek, Toshkent shahar IIBB Axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Kiberxavfsizlik bo‘limi xodimi kapitan Sh.Muxammatqulov, Huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘limi xodimi kapitan Sh.Xudayberdiyevlar kiberxavfsizlik bo‘yicha so‘zga chiqdi.

Kiberjinoyatchilar tuzog‘iga tushib qolmaslik, shaxsiy maʼlumotlarni hech kimga bermaslik, bank plastik kartalari bilan bog‘liq maʼlumotlarni begona shaxslarga maʼlum qilmaslik, tavakkalchilikka asoslangan turli xil qimor o‘yinlarida ishtirok etmaslik yuzasidan videotaqdimotlar va tushuntirishlar berib o‘tildi.

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech