“TALIS 2024” tadqiqotini o'tkazish bo'yicha trening tashkil etildi

327 04.04.2024 13:52

Mazkur treningda TALIS 2024 tadqiqotida milliy va xalqaro sifat nazoratchilari hamda maktab koordinatorlarining asosiy vazifalari, tadqiqot talablariga muvofiq so‘rovnoma jarayonlarini tashkil etish masalalari boʻyicha ma’lumorlar berildi hamda amaliy mashg‘ulotlar oʻtkazildi.

Treningda A.Avloniy nomidagi milliy-tadqiqot instituti, Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalari hamda hududiy pedagogika markazlaridan mas’ul xodimlar hududiy koordinatorlar sifatida maxsus tayyorgarlikdan oʻtdilar.

Endilikda ular o'z hududlarida tadqiqotlarni muvofiqlashtirishda mas'ul xodim sifatida faoliyat yuritadi.

Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech