"Hazrati inson"
Adib Rahmat Fayziyning "Hazrati inson" romaniga yozgan so‘zboshisida akademik Vohid Zohidov uni mehr kuychisi deb taʼriflagan edi. Yozuvchi uchun bu yuksak, qalam ahli uchun esa orzuli eʼtirof.
Rahmat Fayziyning ijodi keng qamrovli. Adabiyot olamiga hikoyalari bilan kirib kelgan, yaxshigina publitsistikasi bor, bolajonlar uchun ham ijod qilgan. Ammo unga jahoniy shuhratni "Hazrati inson" romani olib keldi. Roman bir qator G‘arb va Sharq tillariga tarjima qilingan.
"Hazrati inson" haqida o‘quvchilar bilan uzoq gaplashish mumkin. Agar yurtimizning urush yillari tarixiga qiziqsangiz, bu kitobni, albatta, o‘qing. Ikkinchi jahon urushi O‘zbekistondan olislarda kechgani bilan bu uning ham tarixining bir qismidir. Bu Hazrati Inson – O‘zbek haqida yozilgan beqiyos asardir.