PISA kompetensiyalarini rivojlantirish bo‘yicha treninglar o‘tkazilmoqda
#PISA_2025
❤️A.Avloniy nomidagi Pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan PISA 2025 tadqiqotining baholash yo‘nalishlari bo‘yicha treninglar tashkil etildi.
✅Joriy yilning 18-fevral kuni o‘qish savodxonligi, 19-fevral kuni tabiiy-ilmiy savodxonlik va 20-fevral kuni matematik savodxonlik hamda raqamli dunyoda o‘rganish yo‘nalishlarida kompetensiyalarni rivojlantirish bo‘yicha treninglar o‘tkazildi.
PISA fan yo‘nalishlari bo‘yicha kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan treninglarga respublikaning barcha hududlaridan 4500 nafarga yaqin o‘qituvchilar jalb etildi.
Treninglar har haftaning fan yo‘nalishlari bo‘yicha "Kasbiy rivojlanish kunlari"da davom ettiriladi.