Korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, ijtimoiy xavfliligi va unga qarshi kurashishning ijtimoiy-huquqiy asoslari. “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati
307
25.10.2024
Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida korrupsiyaning kelib chiqish sabablari, ijtimoiy xavfliligi va unga qarshi kurashishning ijtimoiy-huquqiy asoslari mavzusida seminar tadbiri tashkil etildi.
Bundan tashqari, tadbir qatnashchilariga “Manfaatlar to‘qnashuvi” to‘g‘risidagi Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyati qo‘shimcha ravishda tushuntirildi.
Ushbu tadbirda institutning bo‘lim boshliqlari, kafedra professor-o‘qituvchilari va boshqa mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.
Tadbirda ma’ruzachilar tomonidan korrupsiya va uning salbiy oqibatlari haqida tushunchalar va ma’lumotlar berildi.