100 soatlik malaka oshirish kurslarining yakuniy nazorat sinovlari uchun test topshiriqlarini ishlab chiqish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rahbariyati tomonidan 100 soatlik malaka oshirish kurslarining yakuniy nazorat sinovlari uchun test topshiriqlarini ishlab chiqish bo‘yicha seminar o‘tkazildi.
Unda yo‘nalish va modullar bo‘yicha masʼullarni belgilash hamda test topshiriqlarini o‘quv dasturi va o‘quv-uslubiy majmualarga asoslangan holda ishlab chiqish, testologiya talablari asosida bilimlarni aniqlashga qaratilgan topshiriqlarni tayyorlash, materiallarni ekspertizadan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, testlarning aniqliligi, ishonchliligi va maxfiyligini ta‘minlash bo‘yicha tushunchalar berilib, navbatdagi vazifalar belgilandi.