Institut faoliyatida amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi rejalar Institut kengashida muhokama qilindi
Institut kengashining navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan so‘nggi farmon va qarorlar hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova boshchiligida o‘tkazilgan "Vazir soati" yig‘ilishidagi tegishli topshiriqlar yuzasidan vazifalar belgilab olindi.
Shuningdek, kun tartibida quyidagi:
Instutda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar;
kasbiy rivojlanish kuni hamda kasbiy rivojlanish soati tadbirlarining tashkil etilishi;
Menejerlik o‘quv kursining yakuniy sinov natijalari yuzasidan apellyatsiya komissiyasi faoliyatini takomillashtirish;
PISA 2025 tadqiqoti asosiy sinov jarayonlarining o‘tkazilganligi;
Institut Axborot-resurs markazi faoliyati yuzasidan axborotlar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Kengash so‘ngida professor-o‘qituvchilar tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv qo‘llanmalar muhokama qilinib, tasdiqlandi.