Serj Bellini bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

352 30.06.2025

Bugun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi taʼlim va hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy attashesi Serj Bellini bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda fransuz tili fani o‘qituvchilari uchun KRK va KRS tadbirlarini tashkil qilish va 30 nafar o‘qituvchilarni Fransiyaning Francophonia til markazida malakasini oshirib, mentorlikka tayyorlash kabi masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Taʼlim va hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy attashe Serj Bellini fransuz tili o‘qituvchilari uchun KRK va KRS tadbirlarini yuqori saviyada tashkil etishda hamkorlikka tayyorligini maʼlum qildi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech