Magistrlik dissertatsiya himoyasi o‘tkazilmoqda.
236
03.07.2025
Bugun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida Menejment (taʼlim menejmenti) mutaxassisligi bo‘yicha magistraturada tahsil olgan talabalarning dissertatsiya ishi himoyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda talabalar Davlat attestatsiya komissiyasi aʼzolari tomonidan quyidagi:
⏺Tadqiqot mavzusining dolzarbligi;
⏺mavzuning amaliyot bilan bog‘liqligini ko‘rsatib bera olishi;
⏺talabaning tadqiqotga va vazifalarni hal etishga mustaqil yondashuvi;
⏺dissertatsiyasi doirasida o‘tkazilgan tadqiqotlar va olingan natijalarni rivojlantirish istiqbollarini ko‘ra bilish qobiliyati kabi mezonlar asosida baholanadi.
