“Menejerlik o‘quv kurslari” uchun maxsus o‘quvlar
“Menejerlik o‘quv kurslari”da dars mashg‘ulotlarini o‘tadigan professor-o‘qituvchilarni kasbiy rivojlantirish maqsadida qisqa muddatli maxsus o‘quvlar boshlandi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida tashkil etilgan maxsus o‘quvlar doirasida trening mashg‘ulotlari xalqaro tajribaga ega yuqori malakali trenerlar tomonidan olib borilmoqda.
Seminarda quyidagi:
✅“Menejerlik o‘quv kurslari”ning maqsadi, vazifalari, mazmuni hamda tinglovchilarining bilim va ko‘nikmalarini baholash tartibi;
✅ta‘limdagi strategik yetakchilik;
✅pedagogik yetakchilik;
✅umumiy o‘rta ta‘lim muassasalari rahbar kadrlarini o‘qitishda andragogik yondashuvlar;
✅muloqot va notiqlik kabi mavzularda mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
Mazkur o‘quvlardan ko‘zlangan maqsad, professor-o‘qituvchilarni zamonaviy andragogik yondashuvlar asosida kasbiy rivojlantirish orqali “Menejerlik o‘quv kurslari”da ta’lim sifatini yanada yaxshilashdan iborat.