Kembrij universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi

337 12.07.2025

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti rahbariyati va mas’ullari Kembrij universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi

Uchrashuvda:

✅Xalqaro sertifikatlash tizimini yo‘lga qo‘yish;
– o‘zbekistonlik o‘qituvchilar uchun Kembrij universiteti standartlari asosidagi xalqaro tan olingan sertifikat tizimini joriy etish bo‘yicha dastlabki kelishuvga erishildi. Bu nafaqat o‘qituvchilar salohiyatini oshirish, balki ularning xalqaro mehnat bozorida raqobatbardoshligini ta’minlashga xizmat qiladi.

✅Zamonaviy o‘quv dasturlarini birgalikda ishlab chiqish;
– pedagoglar uchun uzluksiz kasbiy rivojlanish kurslari, o‘quv rejalari va modullarini xalqaro andozalar asosida modernizatsiya qilish, Kembrij tajribasidan foydalanish orqali amalga oshiriladi.

✅Amaliy hamkorlik tadbirlari
– “Kasbiy rivojlanish kuni” kabi amaliy va interaktiv mashg‘ulotlarni xalqaro ekspertlar ishtirokida tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech