KRK va KRS bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda.
KRK va KRS tadbirlarining o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘yicha ishchi guruh uchun o‘quv-seminar o‘tkazilmoqda.
Seminarda A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti, prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari, hududiy pedagogik mahorat markazlarining tajribali mutaxassislari ishtirok etmoqda.
Seminar avvalida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, institut rahbariyati va mas‘ullari tomonidan KRK va KRS tadbirlarining ahamiyati, 2024-2025-o‘quv yilida erishilgan yutuqlar, qamrov darajasi va samaradorligi bo‘yicha ma‘lumot berildi, o'qituvchilarning kasbiy rivojlanishga bo'lgan ehtiyojlari muhokama qilindi.
Seminar yakunida, aniq va tabiiy, ijtimoiy va amaliy, filologiya fanlari, xorijiy tillar hamda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha guruhlarda o‘quv dasturlarini ishlab chiqish nazarda tutilgan.
Seminar 2025-yilning 17-iyul kuniga qadar davom etadi.





