Institut bitiruvchilariga magistr darajasi diplomlari topshirildi

199 18.07.2025

Bugun A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida "Menejment" (taʼlim menejmenti) va “Kattalar ta‘limi” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha bir yillik magistraturani yakunlagan talabalarga magistr darajasi diplomini topshirish tadbiri tantanali, bayramona ruhda tashkil etildi. 

Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri o‘rinbosari Sardor Radjabov va institut rektori Abduvali Ismailov talabalarni magistrlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qilganliklari bilan tabriklab, diplomlarni topshirdilar.

Institut bitiruvchi magistrlari kasbiy faoliyat turlari – ilmiy-pedagogik, ilmiy-tadqiqot, maʼnaviy-maʼrifiy, tashkiliy-boshqaruv sohalari hamda oliy, malaka oshirish va qayta tayyorlash, o‘rta maxsus, kasb-hunar taʼlim tizimidagi pedagogik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatini beruvchi huquqga ega bo‘ldilar.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech