Master-trener va mentor-o‘qituvchilikka nomzodlar ishtirokida onlayn suhbatlar o‘tkazildi

18 11.08.2025

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti tomonidan "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlarini yuqori saviyada va samarali tashkil etish maqsadida, barcha hududlardan 11 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha master-trener va mentor-o‘qituvchilikka nomzodlar ishtirokida onlayn suhbatlar o‘tkazildi.

Suhbat maxsus ishlab chiqilgan mezonlar asosida olib borilib, unda nomzodlarning  kasbiy kompetensiyasi, metodik yondashuvlari,  zamonaviy ta’lim texnologiyalarini qo‘llash ko‘nikmalari va boshqa muhim jihatlari o‘rganildi.

Mazkur jarayon kasbiy rivojlanish tadbirlarining sifatli, mazmunan boy va belgilangan maqsadlarga yo‘naltirilgan holda tashkil etilishiga xizmat qiladi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech