Toshkent shahrining 12 ta tumanidan jami 358 nafar mentor-o‘qituvchilikka nomzodlar bilan suhbat o‘tkazildi
A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida "Kasbiy rivojlanish kuni" va "Kasbiy rivojlanish soati" tadbirlarini samarali tashkil etish doirasidagi suhbatlar davom etmoqda.
Bugun Toshkent shahrining 12 ta tumanidan jami 358 nafar mentor-o‘qituvchilikka nomzodlar institutda bo‘lib, suhbatlarda ishtirok etmoqda.
Nomzodlar ijtimoiy fanlar, ona tili, rus tili, tabiiy fanlar va iqtisodiyot, aniq fanlar, ingliz, nemis va fransuz tillari, tasviriy san’at va chizmachilik, texnologiya hamda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlarida baholanmoqda.
Suhbat jarayonida kasbiy kompetensiya, metodik yondashuvlar, zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalari va mentorlik salohiyati maxsus ishlab chiqilgan mezonlar asosida o‘rganilmoqda.