Jalinga.uz studiyasida videodarslarni tasvirga olish ishlari boshlandi

43 12.08.2025

Jalinga.uz studiyasi yordamida o'z faoliyatingizni ommalashtiring!

Faoliyatingizni ommalashtirishda Jalinga.uz studiyasining imkoniyatlaridan foydalaning!

Xabaringiz bor joriy yilning iyun oyida A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti Jalinga.uz studiyasida videodarslarni tasvirga olish ishlari boshlanganligi bo‘yicha xabar bergandik.

Studiyada menejerlik o‘quv kurslarining 10 ta moduli, malaka oshirish kurslarining 15 ta moduli bo‘yicha hamda “Kasbiy rivojlanish kuni” tadbirlari doirasida videodarslar tasvirga olinmoqda.

Bugungi kunda,

menejerlik o‘quv kurslarining Taʼlim menejmenti, Jamoatchilik va ota-onalar bilan oʻzaro hamkorlik, Inson resurslarini boshqarish (HR), Boshqaruvda raqamli texnologiyalar va sun’iy intelekt (AI), Taʼlimda liderlik va oʻzgarishlarni boshqarish modullari bo‘yicha 5 ta videodars;

Malaka oshirish kurslarining matematika, informatika va axborot texnologiyalari, biologiya, texnologiya, ingliz tili, tarix va tarbiya yo‘nalishlari bo‘yicha 22 ta, jami 27 ta videodarslar institutning “Uzluksiz kasbiy taʼlim” (onlinedu.uz) maxsus elektron platformasi hamda Youtubedagi rasmiy kanaliga joylashtirildi.

Hurmatli ustozlar, siz tasvirga olingan videodarslar bilan bir vaqtda tanishib borish orqali o‘z bilimingizni muntazam ravishda yangilab, kasbiy mahoratingizni doimiy ravishda rivojlantirishingiz mumkin. Ushbu videodarslar sizning pedagogik faoliyatingizda yangi g‘oyalar va samarali metodlarni o‘zlashtirishingizga xizmat qiladi.

Yangi g‘oya, taklif yoki dars ishlanmalaringiz bo‘lsa, Jalinga.uz studiyasida tasvirga olish bo‘yicha shartnoma asosida hamkorlikka taklif etamiz. Murojaat uchun @Mominov_Abbosbek (telegram)

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech