Kembrij universiteti vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Uchrashuvda Institut rektori Abduvali Ismailov, masʼullar hamda Kembrij universitetining Yevropa, Markaziy Osiyo va Amerika bo‘yicha rahbari Stiv King o‘zining ta‘lim sohasidagi hamkasblari bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.
Tomonlar hamkorlikni mustahkamlash, o‘qituvchilarning yangi o‘quv dasturlari bo‘yicha salohiyatini oshirish hamda xalqaro baholash dasturlari doirasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari haqida fikr almashdilar.
Kembrij universiteti vakillari tomonidan O‘zbekiston bo‘yicha o‘qituvchilarni yangi o‘quv dasturlariga tayyorlash va bu borada master va mentor trenerlar salohiyatini rivojlantirishga yo‘naltirilgan seminarlarini tashkil etish bo‘yicha takliflar yuzasidan taqdimot qilindi.
Ilgari surilgan takliflar o‘rganib chiqilib, kelgusida qo‘shimcha taklif va qarorlar asosida amalga oshirish mexanizmlarini ishlab chiqish rejalashatirildi.