A.Avloniy nomidagi institut Mehmonxonasida mehmonlarga xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilanadi
104
20.08.2025
Mehmonxonani boshqarish direksiyasi rahbar va xodimlari uchun o‘quv kursi boshlandi.
Xan Turizm akademiyasi tomonidan tashkil etilgan kursning birinchi kunida mehmonlarni qabul qilish va joylashtirish xizmati, bron qilish xizmati, ma’muriy-xo‘jalik xizmati (Housekeeping), servis xizmatlari bo‘yicha bilim-ko‘nikmalar berildi.
Online bronlash tizimlaridan bronlarni qabul qilish tartibi va jarayoni haqida umumiy maʼlumotlar berib o‘tildi.
Shuningdek, mehmonxona ma’muri bilishi lozim bo‘lgan va foydalanadigan ichki - 1C, Fidelio, Travelline, Shelter dasturlari to‘g‘risida mashg‘ulotlar olib borildi.
O‘quv kursi 23-avgustga qadar davom etadi.




