Xalqaro trening o‘z ishini boshladi
A.Avloniy nomidagi institutda Maktabgacha va maktab ta‘limi vazirligi hamda Britaniya Kengashi hamkorligida ingliz tili o‘qituvchilarini tayyorlash dasturini modernizatsiya qilishga bag‘ishlangan xalqaro trening boshlandi.
Tadbirning ochilish marosimida vazir o‘rinbosari Sardor Radjabov ishtirok etib, trening ishida muvaffaqiyat tiladi.
Ma‘lumot o‘rnida: Buyuk Britaniyaning Norvich til taʼlimi instituti mutaxassislari xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashmoqda.
Treningda O‘zbekiston Milliy pedagogika universiteti va 13 ta oliy ta‘lim muassasasidan jami 41 nafar mutaxassis ishtirok etmoqda.
Ular PRESETT dasturini xalqaro mezonlarga moslashtirish, o‘quv dasturi xaritasini ishlab chiqish hamda refleksiya tamoyillarini ta‘lim jarayoniga singdirish bo‘yicha muhokamalar olib bormoqdalar.
Trening jarayonlari 23-avgustga qadar davom etadi.









