Hamkorlik memorandumi imzolandi
Taʼlimni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi va A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yanada mustahkamlandi
Ta’limni rivojlantirish respublika ilmiy-metodik markazi direktor v.v.b. Yuliya Risyukova boshchiligidagi jamoa A.Avloniy nomidagi institutga tashrif buyurib, institut faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Institut rektori Abduvali Ismailov boshchiligidagi jamoa bilan uchrashib, unda hamkorlikda olib borilayotgan ishlar sarhisobiga to‘xtalib o‘tildi.
Shuningdek, tomonlar o‘zaro hamkorlikning umumiy tamoyillarini belgilovchi memorandum hamda chora-tadbirlar rejasini imzoladilar.
Hamkorlikning asosi quyidagi yo‘nalishlarga qaratilgan:
⏺PISA, TIMSS, PIRLS va TALIS kabi xalqaro tadqiqotlarning O‘zbekistonda o‘tkazilishini tashkillashtirish, mazkur dasturlarning asosiy va tajriba sinov jarayonlarini o‘tkazish;
⏺Xalqaro tadqiqotlarni o‘tkazishda metodik, tashkiliy va texnik jihatdan ko‘maklashish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish, xalqaro va milliy miqyosdagi hisobotlarni tayyorlash;
⏺Tadqiqotlarga oid malaka oshirish kurslari, o‘quv-seminarlar, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish, shuningdek, xalqaro tajribalarni o‘rganish va ommalashtirishga qaratilgan tadbirlarni birgalikda amalga oshirish;
⏺Akademik materiallar, mutaxassislik va boshqa tegishli maʼlumotlarni almashish;
⏺Zamonaviy baholash vositalarini joriy etish, raqamli baholash tizimlarini ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish bo‘yicha qo‘shma loyihalar amalga oshirish.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, PISA 2025 hamda PIRLS 2026 xalqaro tadqiqotlari doirasida Institut va Markaz o‘rtasida yaqindan hamkorlik qilinganligi yuqori darajada e'tirof etildi.