“Jasorat maktablari” o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan maxsus malaka oshirish kurslari davom etmoqda.

48 22.08.2025

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida “Jasorat maktablari” o‘qituvchilari uchun tashkil etilgan maxsus malaka oshirish kurslari davom etmoqda.

Jasorat maktablarida chuqurlashtirib o‘qitiladigan fan yo‘nalishlari matematika, fizika, tarix, ingliz tili hamda jismoniy tarbiya fani o‘qituvchilari fanlarni chuqur o‘rganish bilan birga, ta‘lim jarayonini samarali tashkil etishga xizmat qiladigan zamonaviy pedagogik yondashuvlar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar.

Mashg‘ulotlarda:

— darslarni 5E va 4K modellari asosida loyihalash,

— raqamli ta‘lim texnologiyalari va elektron platformalardan foydalanish,

— interfaol metodlar orqali dars jarayonini jonlantirish,

— muammoli o‘quvchilar bilan ishlashning samarali usullari,

— formativ va summativ baholashning zamonaviy mexanizmlarini qo‘llash,

— kasbiy motivatsiya va muloqot madaniyatini rivojlantirish masalalariga alohida e‘tibor qaratilmoqda.

Bunday mashg‘ulotlar o‘qituvchilarning nafaqat kasbiy mahoratini oshiradi, balki ularni ta‘limdagi innovatsion yondashuvlarga tayyorlab, shaxsiy va kasbiy salohiyatini yangi bosqichga olib chiqadi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech