Hashar - xalqimizning bebaho qadriyatlaridan
Umumxalq hasharlarining o‘tkazilishi xalqimiz orasida hamjihatlik, o‘zgalarga ko‘mak qo‘lini uzatish, ahillik kabi fazilatlarning yanada kuchayishiga, mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Yurtimiz mustaqilligining 34 yilligiga munosib tayyorgarlik ko‘rish maqsadida joriy yilning 22-23-avgust kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Bugun A.Avloniy nomidagi institutda ham keng ko‘lamli hashar ishlari olib borilmoqda.
Institut hududidagi yerlar yumshatilib, daraxtlarga shakl berilmoqda. Ariqlar, tomorqa va yo‘laklar tozalanib, tartibga keltirilmoqda. Binolar, ko‘chalar va hududdagi bog‘lar obodonlashtirilmoqda.
Ushbu tashabbus nafaqat mustaqillik bayramiga munosib tayyorgarlik, balki ekologik madaniyatni yuksaltirish, jamoaviylik va hamjihatlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.