Fransuz tili fani o‘qituvchilari uchun seminar-trening boshlandi
A.Avloniy nomidagi institutda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Fransiyaning O‘zbekistondagi elchixonasi hamda Groupe Hatier International hamkorligida tashkil etilgan seminarda yangi fransuz tili darslik majmualaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlar olib borilmoqda.
O‘quv mashg‘ulotlari Fransiyaning Didier nashriyoti mutaxassislari Assma Boulaich va Sandrine Carolar tomonidan olib borilib, bunda Respublika umumtaʼlim maktablaridan 50 nafar fransuz tili fani o‘qituvchilari ishtirok etmoqda.
25-26-avgust kunlari o‘tkaziladigan seminarda o‘qituvchilar darsliklardan samarali foydalanish, ularni dars jarayoniga to‘g‘ri integratsiya qilish va xalqaro metodlar asosida fransuz tilini o‘qitish bo‘yicha yangi bilim-ko‘nikmalarga ega bo‘ladi.





