Kasbiy rivojlanish tadbirlarining nemis tili fani bo‘yicha o‘quv metodik materiallarini ishlab chiqishda Gyote Instituti hamkorlik qilmoqda

12 26.08.2025

A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida kasbiy rivojlanish tadbirlarining fanlar kesimida o‘quv-metodik, kontent materiallarini ishlab chiqish bo‘yicha seminar-treninglar davom etmoqda.

Institutda Toshkentdagi Gyote Instituti hamkorligida umumiy o‘rta ta‘lim maktablarining 40 nafar nemis tili fani o‘qituvchilari, master-trener va mentorlari uchun o‘quv-seminar boshlandi.

Treningda ishtirokchilar hududlarda o‘tkaziladigan KRK va KRS tadbirlari uchun kontent tayyorlash hamda tadbirlarni samarali tashkil etishning zamonaviy texnologiyalari, metod va vositalari bilan tanishmoqdalar.

Mashg‘ulotlar Gyote institutining O‘zbekistondagi filialidan taklif etilgan malakali trenerlar tomonidan olib borilmoqda. Seminar 30-avgustga qadar davom etadi.

Ushbu trening kasbiy rivojlanish tadbirlarini samarali tashkil etish, nemis tili o‘qituvchilarining kasbiy mahoratini oshirish hamda hududlarda metodik ishlarni samarali yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech