Vazir “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etdi

140 02.09.2025

Bugun yurtimizning barcha umumta’lim maskanlarida 2025-2026-o‘quv yilining birinchi dars soatlari boshlandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Karimova poytaxtimizdagi 273-umumta’lim maktabida o'tkazilgan “Birinchi qo‘g‘iroq” tadbirda qatnashdi va o‘quvchilarni samimiy tabrikladi.

Shuningdek, yangi o’quv yilida kutilayotgan yangiliklar va sohadagi o‘zgarishlar haqida so‘z yuritildi.

Tadbirda Prezident tabrigi ham o‘qib eshittirildi.

Shundan keyin, vazir E’zoza Karimova maktabga 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilarni ushbu shodiyona bilan tabrikladi va “Prezident sovg‘asi” taqdim qilindi.

Bundan tashqari, vazir ”Kelajak soati” darslarida qatnashib, o‘quvchi yoshlar bilan muloqot qildi.

Ma’lumot o’rnida: 2025-2026-o’quv yilida 10 mingdan ortiq maktablarga 720 mingdan ortiq o’g’il-qizlar 1-sinfga qabul qilindi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech