Institut rahbariyati 100 soatlik malaka oshirish kursi tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi

149 03.09.2025

Bugun 3-sentyabr sanasidan institutda 18 ta yo‘nalish bo‘yicha 22 ta guruhda 100 soatlik malaka oshirish kurslari boshlandi.

O‘quv mashg‘ulotlari avvalida institut rahbariyati tinglovchilar bilan uchrashib, ochiq muloqot o‘tkazdi.

Unda pedagoglarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-iyundagi PQ-231-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-dekabrdagi 867-son qarori asosida joriy etilgan malaka oshirish kursi tartibi haqida batafsil ma‘lumot berildi.

Shuningdek, kurslarning asosiy maqsad va vazifalari, o‘quv-reja va dasturlarning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida ishtirokchilar bilan savol-javob tarzida ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi.

2025-yil

Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyot yili

flag
Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda Sayt test rejimida ishlamoqda
Powered by GSpeech