100 soatlik malaka oshirish kurslarida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida mustaqillik darslari o’tkazildi
3-sentabr kuni A.Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy institutida malaka oshirish kurslari ochilishi “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida tashkil etilgan Mustaqillik darsi bilan boshlandi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2025-yil 29-avgustdagi ko‘rsatmasi va vazirning 2024-yil 18-dekabrdagi buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazildi.
Mazkur darsda malaka oshirish kurslariga jalb qilingan 630 nafarga yaqin tinglovchi ishtirok etdi. Ularga yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonining mazmun-mohiyati, mustaqil taraqqiyot yo‘lining ahamiyati hamda mamlakatimiz Prezidenti olib borayotgan xalqparvar siyosat haqida ma’lumot va tushunchalar berildi.
Tadbir davomida ishtirokchilarga:
• Mustaqillik — o‘z taqdirini o‘zi belgilash, erkin yashash va o‘zini-o‘zi boshqarish tamoyillarining amaliy ifodasi ekanligi,
• Istiqlol siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan ozodlikni anglatishi,
• Yangi O‘zbekistonni barpo etish subyektiv istak emas, balki jamiyatning tarixiy va ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqqan zarurat ekani ta’kidlab o‘tildi.