Master-trenerlar uchun treninglar davom etmoqda
“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida master-trenerlar uchun o‘tkazilayotgan treningni ikkinchi kuni amaliy mashg‘ulotlar bilan davom etmoqda.
Ishtirokchilar darslarni yanada samarali rejalashtirish, o‘quvchilarning ta‘lim olishga bo‘lgan motivatsiyasini oshirish, ularning fikrlarini tinglab, faol o‘qitish kabi ko‘nikmalar doirasida tajriba almashmoqdalar.
Trening jarayonida xalqaro tajribaga asoslangan konstruktiv dars tahlili, baholash natijalariga tayangan holda ta‘lim jarayonini takomillashtirish va sun‘iy intellekt imkoniyatlarini ta‘limga tatbiq etish strategiyalari bo‘yicha bilim-ko‘nikmalar berilmoqda.