“Kasbiy rivojlanish kuni” va “Kasbiy rivojlanish soati” tadbirlari doirasida master-trenerlar uchun o‘tkazilgan treningning yakunlash tadbiri tashkil etildi
Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining birinchi o‘rinbosari Sherzod Karimov ishtirok etib, mazkur tashabbusning ahamiyati, amalga osirilgan ishlar tahlili hamda istiqboldagi vazifalarga alohida to‘xtalib o‘tdi.
U kasbiy rivojlanish jarayonining o‘qituvchilar malakasini oshirishda, zamonaviy ta’lim uslublarini keng joriy etishda muhim ahamiyatga ega ekanligini ta’kidladi.
Shuningdek, tadbir yakunida treninglarda qatnashgan 264 nafar master-trenerlarga sertifikatlar topshirildi.
Tadbirda fidoyi pedagog va master-trenerlar “Xalq ta'limi a'lochisi” ko'krak nishoni va Maktabgacha va maktab ta'limi vazirining “Faxriy yorliq”lari bilan taqdirlandilar.









